Martin Montoyyaning fikricha, "Barselona" Xaviga nisbatan adolatsizlik qilgan.
– Hozirgi "Barselona"da kim ko'proq maqtovga loyiq? Flik loyihaning yuzi sifatida ko'p maqtovlarga sazovor bo'lmoqda.
- Bu yil Flik etakchi sifatida ajralib turdi, biroq Xavi bu jamoani bir necha yil oldin tuzib, yosh futbolchilarni olib kelib, modelni shakllantirdi. Har kimning ta'siri bor: Xavi, Flik, klub va muxlislarning ishonchi ham muhim rol o'ynadi.
- Xaviga nisbatan adolatsizlik bo'lganmi?
- Ha, biroz. Xavi o'yinchi sifatida "Barselona"ga hamma narsani berdi, hamma narsani yutdi, murabbiy sifatida qaytdi va o'zi kutgan narsaga erisha olmasa ham yaxshi ish qildi. U bu jamoani yaratdi, bugungi kunda porlayotgan yosh futbolchilarni jalb qildi. U katta maqtovga loyiq. Lekin futbol natija bilan bog'liq va agar chempion bo'lmasangiz, kim bo'lishingizdan qat'iy nazar, sizni almashtiradilar" - dedi "Barselona"ning sobiq himoyachisi.