Gavi "Barselona"ning Chempionlar Ligasi yarim finalidagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
Kataloniyaliklar javob o'yinida "Inter"ga mag'lub bo'ldi (3:4, birinchi o'yin - 3:3) va turnirni tark etdi. Uchrashuv bosh hakami Shimon Marchinyak bo'ldi.
"Bu juda og'ir, ayniqsa, biz qanchalik yaqin bo'lganimizni bilsak. Ular bizni finalga chiqishimizni istashmadi. Mavsumni qanday o'tkazayotganimizni hisobga olsak, ular juda qattiq qo'rqishdi.
Necha yil Chempionlar Ligasida g'alaba qozona olmaganimiz muhim emas. Garchi bu juda qiyinligini bilsam-da va har yili g'alaba qozonishni istasam-da, har doimgidek birga bo'lsak, g'alaba qozonishimizga ishonchim komil. Bilaman, qachondir shunday bo'ladi.
Hozir qanchalik g'azablangan bo'lmaylik, bu mavsumni uchta chempionlik bilan yakunlashimiz mumkin. Bu muvaffaqiyatsizlikka qaramay, juda yaxshi mavsum.
Keling, yakshanba kuni "Monjuik"ni portlatib, g'alaba qozonamiz..." - deb yozdi "Barselona" yarim himoyachisi Instagram'da.
Yakshanba kuni kataloniyaliklar La Liganing 35-turida "Real"ga qarshi bahs olib boradi.