Jeymi Karragerning fikricha, ko'pchilik "Liverpul" futbolchilari "Real"ga o'tishni xohlaydi.
Avvalroq Trent Aleksandr-Arnold “Liverpul”dan erkin agent sifatida ketishini ma'lum qilgandi. Xabar qilinishicha, himoyachi "Real" bilan shartnoma borasida kelishib olgan.
“Kiyinish xonasida jamoadoshlar deyarli doim bir-birini qo'llab-quvvatlashadi.
Buni har qanday klub muxlislari, jumladan, “Liverpul” muxlislari ham eshitishi qiyin bo'lsa kerak, lekin “Liverpul”ning ko'pchilik o'yinchilari “Real”da o'ynashni xohlashlari mumkin.
Men o'zim kiyinish xonasida bo'ldim. Futbolchilar bizni "Barselona"ga, "Real"ga tashlab ketishdi va bu muxlislar uchun juda qiyin. Ba'zida muxlislar har safar bunga ishonishadi va bu futbolchi bizni chindan ham yaxshi ko'radi, deb o'ylashadi. Va keyin u boshqa jamoaga o'tadi", - dedi "Liverpul"ning sobiq himoyachisi.