"Real" vingeri Vinisius Junior va himoyachi Lukas Vaskesning Ispaniya La ligasining 35-turida "Barselona"ga qarshi o'yinda (3:4) olgan jarohatlari haqida tafsilotlar ma'lum bo'ldi. Har ikki futbolchi ham dastlabki daqiqalardan maydonga tushishdi, biroq o'yinning ikkinchi bo'limida almashtirildi. Futbolchilarning tashxisi haqida "qaymoqranglilar" rasmiy sayti xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Vinisius Junior chap to'pig'idan jarohat olgan. Lukas Vaskes tibbiy ko'rikdan so'ng chap sonida pektin mushak jarohati aniqlangan. Har ikki futbolchining sog'lig'ini Madrid tibbiyot xodimlari nazorat qilishda davom etadi.
35 turdan so'ng "Real Madrid" 75 ochko bilan La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Real Madrid"ni mag'lub etgandan so'ng, "Barselona" mavsumdagi umumiy ochkolarini 82taga etkazdi va "Qirollik klubi" bilan oradagi ochkolari soni 7 taga etdi.