«Barselona» klubining 35 yoshli darvozaboni Voytsex Shchesni kataloniyaliklar jamoasidagi kelajagi haqida o'ylamoqda. Uning shartnomasi kelayotgan yozda yakunlanadi. Shu munosabat bilan "ko'k-anorranglilar" rahbariyati polshalik darvozabonning o'rnini bosishi va Mark-Andre ter Shtegenga raqobatchi bo'lishi mumkin bo'lgan darvozabonlardan iborat short-listni tuzdi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.Manba ma'lumotiga ko'ra, Ispaniya grandi «Lill»ning 23 yoshli darvozaboni Lyuka Shevale, «Brayton»ning 22 yoshli golkiperi Bart Verbryuggen va «Espanol»ning 24 yoshli posboni Joan Garsiyaga qiziqish bildirmoqda.Avvalroq Shchesni klub unga ikki yillik yangi shartnoma taklif qilganini, ammo u oilasi bilan birgalikda ular uchun eng maqbul qarorni qabul qilishi kerakligini aytgan edi.