"Barselona"ning 17 yoshli futbolchisi Lamin Yamal La Liga chempionligi bo'yicha "Real" afsonasi Krishtianu Ronalduni quvib etdi.
Ispaniyalik vinger payshanba oqshomida "Espanol"ga qarshi kechgan derbida (2:0) jamoasiga muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishga yordam berdi. Shunday qilib, Yamal faoliyatida ikkinchi marta La Liga g'olibiga aylandi - birinchi g'alaba 2022/23 yilgi mavsumga to'g'ri keladi, o'shanda vunderkind birinchi jamoa o'yinlariga endigina qo'yila boshlangan edi. Buyuk Krishtianu Ronaldu ham "Real"dagi faoliyati davomida ikkita chempionlikni qo'lga kiritgan (2011/12 va 2016/17).
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2009-2018 yillarda "qirollik klubi" sharafini himoya qilgan. Portugaliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi, shuningdek, ular bilan Chempionlar ligasida to'rt marta g'alaba qozongan.