"Barselona" yarim himoyachisi Pedri joriy mavsumda nima evaziga muvaffaqiyatga erishganini aytdi.
Avvallari xavbek muntazam ravishda jarohatlardan aziyat chekib kelgan bo'lsa, joriy mavsumda "ko'k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 58 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
"Jismoniy tayyorgarlik - muvaffaqiyatimning asosiy omilimi? Ha, men shunday deb o'ylayman. Bu mening jismoniy holatim bo'yicha eng yaxshi mavsumlarimdan biri va buning uchun biz bilan ishlagan fitnes murabbiylari, shuningdek, shifokorlar va har doim yonimda bo'lgan va menga yordam bergan boshqalardan minnatdorman. Bu insonlarning sa'y-harakatlari ko'pincha e'tibordan chetda qoladi, biroq aynan ularning ajoyib mehnati tufayli men barqarorlikni saqlab qola oldim," - deya 22 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi ispan OAV.
O'qildi: 139 - Fikirlar: 0