"Barchasi to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Lamin - noodatiy o'yin uslubiga ega futbolchi. Laminning yoshi qatori mening o'g'lim bor. Hech qachon bunday sifatga va o'ziga bo'lgan ishonchga ega futbolchi paydo bo'layotgan bo'lsa... Biz uning endigina 17 yoshga kirganini unutmasligimiz kerak.
Garchi u katta bosimga ega bo'lsa-da, u bu yoshidan o'tishi kerak. U doimo baxtli bo'lishi kerak. Menga futbolchining 17 yoki 26 yoshda bo'lishining ahamiyati yo'q, nima bo'lgan taqdirda ham futbol adolatli bo'lishi va o'z darajasiga mos shartnomasi bo'lishi kerak.
Gap u barchadan ko'ra ko'proq maosh olayotgani emas, balki, doimo baxtli bo'lishida. Fikrimcha, unga "Barselona"dan boshqa zo'r joy yo'q. Shartnoma 5-6 yilga mo'ljallanadi".
Yamalga takliflar bo'yicha
"Ha, o'tgan mavsumda unga qiziqishlar bo'ldi, biroq biz uning qolishini istaymiz. Takliflar ko'p ham emas, lekin biz borini ham eshitgimiz kelmaydi. Ayta olamanki, unga PSJ qiziqdi, "Real" esa yo'q", - dedi Deku.
O'qildi: 153 - Fikirlar: 0