"Barselona"ning sobiq futbolchisi Ivan Rakitichning fikricha, Lamin Yamal yo'lida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni bartaraf etishga qodir.
Hozircha ispaniyalik uchun barchasi deyarli ideal tarzda ketmoqda: 17 yoshida u "Barselona"ning asosiy o'yinchilaridan biriga aylanishga va "Oltin to'p"ga da'vogar bo'lishga ulgurdi, shuningdek, Evropa chempionati, La Liga va boshqa sovrinlarni qo'lga kiritdi.
"Qiyinchilik paytida Yamal o'zini qanday tutadi? Ularni eng yaxshi yo'l bilan uddalaydi. Uning atrofida ajoyib muhit bor, "Barsa" unga g'amxo'rlik qiladi, xavotirga o'rin yo'q. Og'ir kunlar keladi - bu normal holat. Ammo shu vaqtgacha u shunchaki o'zi haqida qayg'urishi, maydon tashqarisidagi har qanday ko'ngilsizliklardan qochishi va o'zligicha qolishi kerak," - deya Rakitichning so'zlarini keltirmoqda ispan OAV.