Football Benchmark Group agentligining 2025 yilgi “Evropaning elit klublari baholanishi” hisobotiga ko'ra, “Real Madrid” dunyoning eng qimmat jamoasi sifatida tan olindi. Klubning korporativ qiymati 6,3 milliard evroga etdi.Kuchli uchlikdan “Manchesterning ikki jamoasi — “Siti” hamda “Yunayted” joy olgan. Har ikki klubning ham qiymati 5 milliard evrodan yuqori baholangan.Kuchli o'nlikda eng katta yillik o'sish — “Arsenal”da. London klubining qiymati 29 foizga o'sib, 7-o'ringa ko'tarildi. “Chelsi”ning daromadi 8 foiz pasayib 10-o'ringa tushib ketdi.Evropaning eng qimmat 10 klubi: 1. “Real” (Ispaniya) — 6,3 mlrd evro 2. “Manchester Siti” (Angliya) — 5,2 mlrd evro 3. “Manchester Yunayted” (Angliya) — 5,1 mlrd evro 4. “Barselona” (Ispaniya) — 4,5 mlrd evro 5. “Bavariya” (Germaniya) — 4,3 mlrd evro 6. “Liverpul” (Angliya) — 4,1 mlrd evro 7. “Arsenal” (Angliya) — 3,9 mlrd evro 8. “PSJ” (Frantsiya) — 3,8 mlrd evro 9. “Tottenhem” (Angliya) — 3,6 mlrd evro 10. “Chelsi” (Angliya) — 2,9 mlrd evroSo'nggi 10 yilda Evropaning 32 ta klubining umumiy qiymati 146 foiz oshib, 64,7 milliard evroga etdi. Shuningdek, “Real Madrid” operatsion daromadlari, ya'ni televizion huquqlar, reklama, chipta sotish, klub mahsulotlari savdosi va shunga o'xshash tijorat faoliyati ortidan 1 milliard evro foyda ko'rgan birinchi futbol jamoasi hisoblanadi.Ma'lumot uchun, Top-10 dan joy olgan jamoalar daromadining yarmidan ko'pi tijoratdan kelsa, kichikroq klublar moliyaviy barqarorlikni futbolchilar savdosi orqali saqlab qolmoqda, masalan, “Benfika”, “Portu” va “Atalanta”.