"Barselona"ning braziliyalik vingeri Rafinya Kataloniya klubi bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi. Tomonlar 2028 yilning yoziga qadar yangi shartnoma imzolashdi. Futbolchining avvalgi shartnomasi 2027 yilgacha hisoblangan edi.
"Kelganimdanoq maqsadim shu edi: bu erda ko'p yillar, eski shartnomamda yozilganidan ham ko'proq vaqt qolish. Men kelgan birinchi daqiqadanoq bu haqda o'yladim. Lekin shartnomani uzaytirish uchun yaxshi o'yin ko'rsatishim va har bir o'yinda va har bir mashg'ulotda borimni berishim kerakligini bilardim.
Shartnoma faqat bir yilga uzaytiriladimi? Biz kelishuvga erishdik va men ham, klub ham shunday yo'l tutish yaxshiroq degan qarorga keldik. Agar yana shartnomani uzaytirishimiz kerak bo'lsa, biz buni muammosiz qilamiz", - dedi Rafinya.