"Espanol" darvozaboni Joan Garsiya "Barselona"ga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Ishonchli ma'lumotlarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" o'tgan mavsumda o'zini yorqin ko'rsatgan 24 yoshli darvozabonni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.
"Kelajagim bo'yicha qaror? Bu nafaqat menga, balki klublarga ham bog'liq. Qanday qaror qabul qilishimdan qat'iy nazar, u qanday yakunlanishidan qat'iy nazar, men tanlovim to'g'ri bo'lganiga 100 foiz amin bo'laman. Agar yana bir oz kutishim kerak bo'lsa, shunday bo'lsin, lekin men to'g'ri ish qilyaman", - dedi Joan Garsiya.
Joan Garsiya so'nggi La Ligada "Espanl"ning barcha 38 uchrashuvida maydonga tushib, 51 ta gol o'tkazib yuborgan. Transfermarkt darvozabonning narxini 20 million evroga baholamoqda.