"Espanol" darvozaboni Joan Garsiya "Arsenal" va "Aston Villa" klublarining qiziqishlarini rad etdi.
24 yoshli Garsiya "Espanol"da kuchli mavsumni o'tkazdi va "Arsenal" va "Aston Villa"ni boshqarayotgan hamyurtlari Mikel Arteta va Unai Emeri e'tiborini tortdi.
Arteta Garsiyani "Arsenal"ning 1-raqamli David Rayya bilan raqobatlashishini xohlagandi, Emeri esa Joanni "Aston Villa"dan ketishni o'ylayotgan Emiliano Martinesning o'rnida ko'rmoqchi edi.
Biroq, TalkSPORT nashri xabariga ko'ra, Garsiya Premer-liga klublariga rad javobini bergan va "Barselona"ga o'tishni afzal ko'rgan va u jamoada ketishi kutilayotgan Mark-Andre Ter Shtegenning o'rnini egallamoqchi.
"Barselona" Garsiya uchun "Espanol"ga25 million evro (21 million funt) tovon puli to'laydi va u bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.