«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub rahbariyatidan PSV jamoasining 36 yoshli hujumchi qanot o'yinchisi Ivan Perishichni jamoaga qo'shishni so'radi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda. Ma'lumot uchun, Perishichning Niderlandiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 30 iyunda yakunlanadi.Manba xabariga ko'ra, nemis mutaxassisi xorvat futbolchisini jamoaga olib kelishni xohlamoqda, chunki u Perishich o'z tajribasi, universalligi va raqobatbardoshligi bilan jamoaga yordam bera oladi, deb hisoblaydi. Shuningdek, Flik Perishich jamoa kiyinish xonasidagi muhitga ijobiy ta'sir ko'rsatishiga ishonmoqda.Nemis murabbiyi Perishich bilan 2019/2020 yilgi mavsumda «Bavariya»da faoliyat olib borgan paytida birga ishlagan.O'tgan mavsumda xorvat futbolchisi barcha musobaqalarda jami 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 16 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 122 - Fikirlar: 0