"Manchester Yunayted" "Real"ga 27 yoshli hujumchi Markus Reshfordni 40 mln evroga sotib olishni taklif qildi.
Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda. Ammo Madridda ingliz klubining tashabbusini sovuqqonlik bilan kutib olishdi. Manbaning qayd etishicha, "Real" chindan ham hujum chizig'ini kuchaytirish haqida o'ylamoqda, ammo boshqa profildagi - uslubi jihatidan Xoseluga yaqinroq bo'lgan hujumchi qidirmoqda. Ko'proq qanotdan harakat qiladigan va to'p bilan ishlashni afzal ko'radigan Reshford bu loyihaga to'g'ri kelmaydi.
"MYu" bosh murabbiyi Ruben Amorim Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, inglizni kelasi mavsum rejalarida ko'rmayapti. Shu munosabat bilan klub uni sotish variantlarini faol izlamoqda. Shuningdek, Reshfordga "Barselona" ham qiziqish bildirgan.