"Manchester Yunayted" "Real"ga 27 yoshli hujumchi Markus Reshfordni 40 million evroga sotib olishni taklif qildi, deya xabar beradi Defensa Central.
Biroq madridliklar ingliz klubining bu tashabbusiga ishtiyoq bildirmadi. Manbaning ta'kidlashicha, "Real" haqiqatdan ham hujum chizig'ini kuchaytirishni o'ylayapti, ammo boshqa profildagi - uslub jihatidan Xoseluga yaqinroq hujumchi qidirmoqda. Ko'pincha qanotdan o'ynaydigan va to'p bilan ishlashni afzal ko'radigan Reshford bu loyihaga to'g'ri kelmaydi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, "MYu" ustozi Ruben Amorim angliyalik futbolchini kelasi mavsumdagi rejalarida ko'rmayapti. Shu munosabat bilan klub uni sotish variantlarini faol izlamoqda. Reshfordga "Barselona" ham qiziqish bildirgan, ammo kataloniyaliklar so'ralgan 40 millionni to'lashga tayyor emas.