"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen bilan "Espanol" posboni Joan Garsiya transferidan keyin klubdagi kelajagini muhokama qiladi, deb xabar beradi Spots.es.
Manbaga ko'ra, 33 yoshli nemis u bilan yangi darvozabonni sotib olish masalasi muhokama qilinmaganidan norozi. Bunga javoban klub mutasaddilari unga izoh berishni lozim ko'rmasliklarini aytishdi.
Agar Flik "Barselona"da qolishga qaror qilsa, ter Shtegen bilan uning kelajagi haqida ochiqchasiga gaplashib olishi kutilmoqda.
Ter Shtegen 2024/25 yilgi mavsumda "Barselona" safida 9 ta o'yinda 11 ta gol o'tkazib yubordi. Darvozabonning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 12 million evroga baholagan.