Joan Laporta "Barselona" Niko Uilyams uchun tovon puli to'lashga tayyorligini aytdi.
Avvalroq, "Atletik" rahbariyati La Liga va Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasini "Barselona"ning barcha moliyaviy operatsiyalarini tekshirish zarurligi haqida xabardor qilgandi.
"Har kim o'zi to'g'ri deb bilganini qilsin. Biz sport direktorimiz va bosh murabbiyimiz tavsiyalariga amal qilgan holda transfer bozoridagi imkoniyatlardan unumli foydalanib, o'z ishimizni qilyapmiz.
Menda boshqa qo'shadigan hech narsa yo'q. "Atletik" o'z xohishiga ko'ra harakat qilishi kerak. Biz ularning pozitsiyasini hurmat qilamiz, umid qilamanki, ular ham bizning pozitsiyamizni hurmat qilishadi.
Agar sotib olish to'lovini to'lash bilan bog'liq bozor imkoniyati paydo bo'lsa, "Barselona" qo'lidan kelgan hamma narsani qilishga tayyor", - dedi "Barselona" prezidenti.