"Barselona" kelasi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ustida ishlamoqda. Kataloniyaliklar hujumida Xans-Diter Flik ixtiyorida olti nafar futbolchi bo'lishini istamoqda. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar bermoqda.
Ansu Fati va Pau Viktor klubni tark etishga, Niko Uilyams esa "Atletik"dan kelishga yaqinlashmoqda. Shu tariqa, hozirda "Barselona"da yangi mavsum uchun beshta hujumkor futbolchi bor: Levandovski, Yamal, Rafinya, Torres (ular allaqachon tarkibda bor) va Uilyams.
Oltinchisi esa Flikka juda yoqadigan Markus Reshford bo'lishi mumkin. Ingliz universal - hujumning istalgan qanotida va markazda o'ynay oladi. "Barselona" Reshfordga murojaat qilib, vaziyatni tushuntirdi. 27 yoshli futbolchi vaziyat hal bo'lishini deyarli butun yoz kutishiga to'g'ri keladi. "Barsa" yana bir futbolchini ro'yxatdan o'tkazishga qurbi etadimi yoki yo'qmi, hozircha noma'lum. Shu bilan birga, Markus "ko'k-anorranglilar" safida bo'lishni juda xohlaydi.