«Atletik» (Bilbao) va Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Niko Uilyams «Barselona»ga o'tishi arafasida kataloniyaliklar oldiga muhim talab qo'ydi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.Manba ma'lumotiga ko'ra, futbolchi «Barselona»dan La Ligada ro'yxatdan o'tish bo'yicha aniq kafolatlarni talab qilmoqda. Niko o'tgan mavsumda Ispaniya terma jamoasidagi sheriklari — Dani Olmo va yosh hujumchi Pau Viktor bilan bog'liq vaziyat takrorlanishini istamaydi. Ular avvalgi mavsumda asosiy jamoa futbolchilarining jiddiy jarohatlari orqaligina vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazilgan, keyin esa bu masala Ispaniya Oliy sport kengashiga (CSD) murojaat orqali hal etilgan edi.Shu bilan birga, Niko Uilyams «Barselona»ga o'tishni xohlayotgani ta'kidlangan, ammo hozircha uni qanoatlantiradigan kafolatlarni olmagan. Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta «Atletik» uchun belgilangan 58 million evrolik to'lovda muammo yo'qligini ma'lum qilgan. Biroq transferning cho'zilishi aynan «Barselona»ning moliyaviy feyr-pley talablarini bajarish bilan bog'liq muammolari tufayli kechikmoqda.