Vinger Niko Uilyams yaqinda "Atletik" bilan shartnomasini o'n yilga uzaytirdi va "Barselona"ga o'tish variantidan voz kechdi. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, o'tgan hafta restoranda "ko'k-anorranglilar" muxlisi klub prezidenti Joan Laportaga Uilyams bilan bog'liq vaziyat haqida savol bergan. "Barsa" rahbari javob berdi.
"Biz uning agenti futbolchiga erkin agent maqomini berish haqidagi shartnoma bandiga qo'shilmaymiz. Biz 60 million evro to'lab, keyin futbolchini tekinga qo'yib yubormoqchi emasmiz. Bunday bo'lmaydi," - degandi Laporta.
Avvalroq, Niko Uilyamsning agenti "Barselona"dan shartnomaga ro'yxatdan o'tish kafolatlarini kiritishni so'ragani xabar qilingandi. Bunday holatda, agar Kataloniya klubi uni ro'yxatdan o'tkazmasa, Niko erkin agent sifatida ketishi mumkin edi.
O'qildi: 162 - Fikirlar: 0