"Milan" "Bavariya"dan Rafael Leau bo'yicha taklif kutmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio jarohat olgan Jamol Musialaning o'rnini egallashi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan, shunday dedi.
- Musiala 4-5 oyga safdan chiqqanida, endi "Bavariya" nishonga olishi mumkin bo'lgan kutilmagan nomzod bormi? Bu kim bo'lishi mumkin?
- Musiala jarohat olishidan oldin ham ularga boshqa hujumkor futbolchi kerak edi. Bu Leau bo'lishi mumkin, ammo ular hali unga taklif qilishmagan.
Musiala jarohati bor ekan, o'ylaymanki, ular unga o'xshash futbolchi olishga harakat qilishadi. Bu Leau bo'ladimi, bilmayman, lekin "Milan" "Bavariya"ni kutmoqda. Ular "Bavariya"dan taklif keladi deb o'ylashadi. "Milan" uni sotmoqchi emas, lekin ular "Bavariya" yoki "Barselona"dan taklif keladi deb o'ylashadi.
Menimcha, Leau transfer maqsadi bo'lishi mumkin. "Milan" uni qo'yib yuborishiga ishonchim komil emas, lekin 85 million evro taklif qilsa, hamma narsa bo'lishi mumkin", - dedi Di Martsio.
O'qildi: 162 - Fikirlar: 0