Milanning "Inter" klubi o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfrisning "Barselona"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar tobora avj olmoqda.
Bir qator manbalar "ko'k-anorranglilar"ni niderlandiyalik futbolchi uchun asosiy da'vogarlardan biri deb hisoblamoqda, uni iyul oyi oxirigacha 25 mln evroga xarid qilish mumkin. Diario AS nashrining yozishicha, Kataloniya grandiga Dyumfris varianti chindan ham yoqadi, biroq u asosiy maqsad emas. Amaldagi Ispaniya chempionlarining moliyaviy qiyinchiliklari tufayli kelishuv amalga oshishi ehtimoli juda kam. Taxminlarga ko'ra, 29 yoshli qanot himoyachisining "Barsa"ga o'tishi klub undan oldin kimnidir sotib yuborgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.
Denzel Dyumfrisning Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 35 mln evro. Futbolchining "Inter" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O'qildi: 152 - Fikirlar: 0