"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen belidan operatsiya qilinishi aniq bo'lgach muxlislarga murojaat qildi.
"Men "Barcelona" ranglari va futbolkasini faxr bilan, maydonda ham, undan tashqarida ham, g'alabali daqiqalarda ham, eng og'ir kunlarda ham kiyib kelganman. Bugun esa shaxsan men uchun og'ir kun.
Jismonan va sport nuqtai nazaridan o'zimni a'lo darajada his qilyapman, lekin, afsuski, og'riqlardan xoli emasman.
"Barcelona"ning tibbiy jamoasi va tashqi mutaxassislar bilan batafsil maslahatlashuvlardan so'ng, to'liq sog'ayishning eng tez va xavfsiz yo'li — bu orqa umurtqa (bel) sohasida operatsiya bo'lishi belgilandi. Avvalgi orqa operatsiyamdan keyin maydonga 66 kundan so'ng, ya'ni deyarli 2 oyda qaytgandim, ammo bu safar shifokorlar ehtiyotkorlik bilan tiklanish uchun taxminan 3 oy kerak bo'ladi deb hisoblashmoqda.
Emotsional jihatdan jamoamga bu vaqt ichida yordam bera olmasligimni tushunish men uchun juda og'ir.
Men sog'ayishim haqida sizlarni xabardor qilib boraman va aziz muxlislar, doimiy qo'llab-quvvatlovingiz uchun yurakdan minnatdorchilik bildiraman. Xavotir olmang — men albatta qaytaman!", - deb yozgan 33 yoshli nemis o'z Instagram sahifasida.
O'qildi: 178 - Fikirlar: 0