"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Atletik" vingeri Niko Uilyamsning transferi nima uchun amalga oshmay qolganini tushuntirdi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi “Barselona”ga o'tish o'rniga hozirgi jamoasi bilan shartnomasini o'n yilga uzaytirdi.
Laportaning fikriga ko'ra, Uilyamsning agentining o'zi kataloniyaliklarga futbolchi xizmatlarini taklif qilgan. Dastlabki muzokaralar muvaffaqiyatli o'tdi, biroq shartnoma imzolashga kelganda “Atletik” va futbolchining jamoasi dastlabki shartlarni o'zgartirdi.
"O'shanda Deku 48 soat muddat belgilab qo'ydi. Agar ular bizning shartlarimizni qabul qilmasalar, biz bu bitimni tuzmaymiz, degan tushuncha bor edi. Va shunday bo'ldi", - dedi Laporta Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Natijada futbolchi "Atletik" bilan 2035 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi. 23 yoshli futbolchining bozor narxi 70 million evroni tashkil qiladi.