"Barselona" "Vissel Kobe"ga qarshi o'yin translyatsiyasidagi muammolar uchun uzr so'radi.
Kataloniyaliklar safarda Yaponiya jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi.
"Barselona"ning striming platformalari "Vissel Kobe"ga qarshi mavsumoldi o'yinining jonli efirini uzatishga uringan turli sahifalar tomonidan keng ko'lamli hujumga uchradi.
So'rovlar oqimi natijasida tizim tegishli xavfsizlik mexanizmlarini ishga tushirdi, bu esa Culers veb-sayti va ilovasidagi translyatsiyaga salbiy ta'sir ko'rsatdi.
O'yin translyatsiyasini kafolatlash uchun darhol klubning YouTube kanalida o'yinni bepul ko'rish imkoniyatini taqdim etishga qaror qildik.
Klub yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raydi va bu holatdan zarar ko'rgan barcha muxlislar bilan bog'lanadi," - deyiladi "Barselona" rasmiy bayonotida.