Ispaniya La Ligasi muhim yangilikka hozirlik ko'rmoqda: 2025/26 yilgi mavsumdan boshlab klublar bosh murabbiylari har bir o'yinda ikki marta VAR yordamida bahsli vaziyatlarni ko'rib chiqishni boshlashlari mumkin, deb xabar beradi Goals Side nashri.
Yangi tashabbusga ko'ra, agar murabbiyning iltimosidan keyin hakam o'zining dastlabki qarorini o'zgartirsa, jamoa keyingi so'rovlar uchun ikkala imkoniyatni ham saqlab qoladi. Aks holda, so'rovlardan biri ishlatilgan deb hisoblanadi.
Ushbu qadam hakamlarning adolatliligi va shaffofligini oshirish, shuningdek, bahsli vaziyatlarda jamoalarga o'yin jarayoniga ko'proq ta'sir o'tkazishga qaratilgan.
Eslatib o'tamiz, La Liganing amaldagi chempioni 88 ochko bilan “Barselona” hisoblanadi. “Real Madrid” 84 ochko bilan ikkinchi, “Atletiko” esa 76 ochko bilan uchinchi o'rinni egalladi.