"Barselona" yangi kelgan futbolchilar - "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan Markus Reshford va Joan Garsiyani ro'yxatdan o'tkazish uchun o'zining istiqbolli futbolchilaridan birini sotishni rejalashtirmoqda.
Mundo Deportivo nashri xabar berishicha, moliyaviy cheklovlar 1:1 hisobidagi qoidaga qaytganiga qaramay, "ko'k-anorranglilar"ning transfer bozorida erkin harakat qilishiga xalaqit bermoqda.
Klub shartnomasi 2027 yilgacha amalda bo'lgan 19 yoshli Yan Virxili bilan xayrlashishga tayyor. Yosh hujumchi hozircha asosiy jamoada birorta ham o'yin o'tkazmagan, biroq "Malorka" va "Jirona" kabi klublar e'tiborini tortgan. Shu bilan birga, kataloniyaliklar futbolchining taqdiri ustidan nazoratni saqlab qolishni istaydi va Pablo Torreda bo'lgani kabi ijaraga berish yoki qaytarib sotib olish optsiyasi bilan transfer variantini ko'rib chiqmoqda.
Virxilining sotilishi bu mavsumda "Barselona"da debyut o'yinlarini o'tkazish istagida bo'lgan Reshford va Garsiyani ro'yxatdan o'tkazish uchun kalit bo'lishi mumkin. Xansi Flik shogirdlari o'tgan yilgi La Ligadagi g'alabadan so'ng Ispaniyadagi etakchi mavqeini saqlab qolishga va mavsum boshlanishidan oldin tarkibni kuchaytirishga umid qilmoqda.