"Barselona" Oriol Romeu bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq, 33 yoshli himoyachi kataloniyaliklar bilan Osiyo turnesiga bormagan edi. Futbolchi Hansi Flikning keyingi mavsumdagi rejalariga kiritilmagan.
Romeu 2023 yilda "Jirona"dan "Barsa"ga o'tgandi. U o'tgan mavsumda "Jirona"da ijara asosida o'ynadi.
Diario Sport xabariga ko'ra, klublar himoyachining kelajagi borasida muloqotni davom ettirmoqda. Ispaniyalik futbolchining "blaugrana" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Ta'kidlanishicha, "Barselona" Oriol bilan shartnomani bekor qilishi va unga bir yillik shartnoma bo'yicha qolgan maoshining yarmini to'lashi mumkin.
Futbolchiga "Jirona"dan tashqari "Real Ovedo" ham qiziqish bildirmoqda, ammo uning o'zi maydonda va kiyinish xonasida qadrlanadigan jamoaga qaytishni afzal ko'rmoqda.
O'qildi: 101 - Fikirlar: 0