"Barselona"ning yangi a'zosi Runi Bardjining agenti Kristian Emile klub bilan muzokaralar qanday o'tgani haqida gapirib berdi.
"Ko'k-anorranglilar" 19 yoshli futbolchini iyul oyida "Kopengagen"dan sotib olgan edi. Transfer oldinroq sodir bo'lishi mumkin edi, ammo o'tgan yili futbolchi jiddiy jarohat oldi va undan faqat bahorda tuzaldi.
"Ko'pchilik bilmaydi, lekin 2024 yilning may oyida men "Barselona" mashg'ulot bazasida edim - biz Runining ehtimoliy transferini muhokama qildik. Uchrashuvning ayni qizg'in pallasida menga "Kopengagen"dan qo'ng'iroq qilib, Runi xochsimon bog'lami uzilgani tufayli safdan chiqqanini xabar qilishdi. Kabinetga mutlaq jimlik cho'kdi. Hammamiz uchun juda og'ir davr bo'ldi. Bo'lib o'tgan voqealarga qaramay, "Barsa" qiziqishni saqlab qoldi va keyinchalik biz yana ko'plab uchrashuvlar o'tkazdik," - deya agentning so'zlarini keltiradi ispan OAV.
Runi Bardji Kataloniya grandi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.