"Barselona" futbolchilari Mark-Andre ter Shtegenning harakatlaridan hayratda.
Xabar qilinishicha, darvozabon "ko'k-anorranglilar" La Liga komissiyasiga topshirmoqchi bo'lgan jarohati haqidagi xulosani imzolashdan bosh tortmoqda. Klub germaniyalik futbolchining tiklanishi 4 oy davom etishini isbotlamoqchi, bu yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish imkonini beradi.
Bunday xatti-harakatlari uchun ter Shtegen jarimaga tortilishi, eng yomon holatda u bilan shartnoma bekor qilinishi mumkin. Klub allaqachon intizomiy ish qo'zg'atishga qaror qilgan.
AS nashrining ta'kidlashicha, Osiyo turnesidan qaytgan "Barselona" futbolchilari sardorning pozitsiyasini eshitib, hayratda qolishgan, ayniqsa, ularning ko'pchiligi so'nggi kunlarda uni omma oldida himoya qilishgan edi.