"Barselona" darvozabon Joan Garsiyani ro'yxatdan o'tkazish uchun La Ligadan ruxsat kutmoqda. "Ko'k-anorranglilar" xo'jayinlari bugun, chorshanba kuni liga Mark-Andre ter Shtegenning jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqqanini tasdiqlaydi - bu holda klub yangi darvozabon Garsiyani ro'yxatdan o'tkazishi mumkin, deb xabar beradi Sport. Kataloniyaliklar uchun yangi futbolchi tez orada o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishi juda muhim, chunki shanba kuni chempionatning 1-turidan o'rin olgan "Malorka"ga qarshi o'yin bo'lib o'tadi.
Joan Garsiya "Barselona" tomonidan yoz boshida "Espanol"dan 25 mln evroga sotib olingan edi. Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, Xans-Diter Flik bo'lajak o'yinda 24 yoshli kiperni asosiy tarkibda tushirishni rejalashtirmoqda.
O'qildi: 115 - Fikirlar: 0