"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes ushbu transfer oynasida jamoani tark etmaydi, deb yozadi The Athletic nashri.
"Chelsi" 22 yoshli ispaniyalik futbolchini avvalroq 40 million evro taklif qilganiga qaramay, o'z safiga qo'shib olmaslikka qaror qildi. Londonliklar bunday qarorga Fermin bilan bir pozitsiyada o'ynayotgan "Brayton" futbolchisi Fakundo Buonanotteni ijaraga olgani sabab bo'ldi.
O'z navbatida, "Barselona" moliyaviy ahvolini inobatga olgan holda Lopes bo'yicha taklifni tinglashga tayyor, ammo uning ketishini talab qilmaydi.
Fermin - "Betis" akademiyasi tarbiyalanuvchisi, u 2016 yilning iyulidan beri "Barselona" tarkibida. O'tgan mavsumda u klub miqyosida 46 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 18291 - Fikirlar: 0