"Barselona" yana bir himoyachisidan ayrildi

"Barselona" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen safdan chiqdi. Bu haqda Mundo Deportivo jurnalisti Jordi Battla xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotga ko'ra, 29 yoshli futbolchi chap tizzasidagi xochsimon boylamlarining qisman shikastlanishi sababli taxminan bir oyni o'tkazib yuboradi. Joriy mavsumda Kristensen barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.
Qayd etish joizki, Kristensenning "Barselona" bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Avvalroq klub himoyachiga shartnomani uzaytirishni taklif qilgan edi, biroq endilikda daniyalik futbolchining tez-tez jarohat olishi sababli "ko'k-anorranglilar" o'z pozitsiyasini qayta ko'rib chiqishlari mumkin.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (37923/+12)
UzFIFA Yangiliklari (18.05.2026)
Futbol TV Yangiliklari (18.05.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1864)
Eng ko'p o'qilgan
16-May
19:00
14-May
20:40
12-May
18:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





671