"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele «Barselona»dagi faoliyati davomida jismoniy tayyorgarlik bilan kam shug'ullanganini tan oldi.«Men «Barselona»ga professional futbolda atigi bir yarim yillik tajriba bilan kelganman. Shunga ko'ra sportzalga ko'p bormaganman, balki to'g'ridan-to'g'ri maydonga chiqib, faqat energiya va iste'dodga tayanaverganman.Bir, ikki, uch, to'rt marta jarohat olgach, tanaga g'amxo'rlik qilish zarurligini tushunasan. Yuqori darajadagi futbol talabchan, bu faqat iste'dod yoki uyg'ongach maydonga chiqishdan iborat emas. Har narsa bo'lishi mumkinligini anglaysan.Men ishlash, kuchayish, to'g'ri ovqatlanish, yaxshi uxlash kerakligini tushundim. Hammasini anglab etdim. Va endi «Pari Sen-Jermen»da bu o'z samarasini beryapti. Men baxtliman», — dedi PSJ vingeri.
O'qildi: 76104 - Fikirlar: 0
O'qildi: 18301 - Fikirlar: 0
O'qildi: 17561 - Fikirlar: 0