Xalqaro tanaffus «Barselona» uchun yo'qotish olib keldi — jamoaning markaziy yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohat oldi va «Valensiya»ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Bu esa Xansi Flikni markazda yangi echim izlashga majbur qilmoqda.
SPORT nashrining yozishicha, bosh murabbiy sinovdan o'tgan Pedri – Mark Kasado duetiga ishonch bildirishi kutilmoqda. Ular birga asosiy tarkibda 36 marta maydonga tushib, 27 ta g'alaba, 3 ta durang va atigi 6 marta mag'lubiyat qayd etgan. Bu esa taxminan 75 foizlik g'alaba ko'rsatkichi va 16,7 foizlik mag'lubiyatlar ulushini anglatadi.
Duetning ustun jihatlari aniq: Kasado himoyada ishonchli o'yin ko'rsatadi, Pedri esa oldinga harakatlanish va ijodiy o'yin uchun erkinlik oladi. Biroq de Yongning yo'qligi jamoani vertikal uzatmalar va tezkor hujumlardan mahrum qiladi, shuning uchun Pedrining vazifalari yanada ortishi mumkin.
Pedrining formasi ajoyib: u La Liganing dastlabki uch uchrashuvini to'liq o'tkazdi, o'rtacha har o'yinda ikkitadan hal qiluvchi pas bermoqda va bir yirik gol imkoniyatini yaratmoqda.
Kasado hozircha cheklangan o'yin daqiqlari oldi — faqat «Levante»ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlab, taymlar orasida almashtirilgandi. Shunga qaramay, ularning umumiy statistikasi muxlislarga ishonch bag'ishlamoqda va Flik ushbu duetdan yaxshi natija kutadi.
O'qildi: 76130 - Fikirlar: 0
O'qildi: 50909 - Fikirlar: 0