"Barselona" Chempionlar ligasi 1-turida "Nyukasl" mehmoni bo'lib, Markus Reshfordning dubli evaziga g'alaba qozondi. Bu inglizning "ko'k-anorranglilar" safidagi ilk gollari bo'ldi. O'yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Reshfordning o'yini haqida fikr bildirdi.
"Biz mashg'ulotlarda doim Reshfordning qobiliyatini ko'ramiz, bugun esa uni o'yinda ko'rdik. Men u uchun xursandman. Hujumda yaxshi o'yinchilarimiz ko'p, Reshford ulardan biri. U bizda borligidan xursandman. U bizga o'yin davomida ko'proq imkoniyatlar beradi. Bu ajoyib.
Bu dubl Reshfordning yangi darajaga ko'tarilishiga yordam beradi. U o'ziga ishonishi va o'zini yaxshi his qilishi juda muhim," - dedi Flik TNT Sports nashriga.
"Barselona" navbatdagi o'yinini 21 sentyabr, yakshanba kuni La Liga doirasida "Xetafe"ga qarshi o'tkazadi.
O'qildi: 58984 - Fikirlar: 0