Kilian Mbappe La Ligadagi gollari soni bo'yicha Terri Anridan o'tib ketdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappening Ispaniya La Ligasi 5-turidan o'rin olgan «Espanol»ga qarshi uchrashuvdagi (2:0) goli uning musobaqadagi 36-ta goli bo'ldi. Shu ko'rsatkich bilan 26 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida 35 gol urgan «Barselona»ning sobiq hujumchisi Terri Anridan o'tib ketdi.Shu tariqa, Mbappe La Ligada 39 uchrashuvda 36 gol urdi. Anri esa raqiblar darvozasini 80 o'yinda 35 marta ishg'ol qilgan.Mbappe «Qirollik klubi»ga 2024 yil yozida qo'shilgan. Shu davr mobaynida u «Real» safida barcha musobaqalarda 51 gol urdi. Anri esa «ko'k-anorranglilar» tarkibida 2007–2010 yillarda to'p surib, barcha turnirlarda 49 gol bilan qayd etilgan.
O'xshash yangiliklar
05:50 "Real" "Atletiko"ni mag'lub etdi va Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona" bilan to'qnash keladi
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (38022/+14)
UzFIFA Yangiliklari (26.05.2026)
Futbol TV Yangiliklari (26.05.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1865)
Eng ko'p o'qilgan
22-May
16:40
24-May
20:10
Flik «Barselona» himoyachisidan hafsalasi pir bo'ldi - o'yinchi sotilishi mumkin
O'qildi: 65679 - Fikirlar: 0
O'qildi: 65679 - Fikirlar: 0
20-May
18:50
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





472