«Bavariya»ning markaziy hujumchisi Xarri Keyn jamoani tark etishi mumkinligi haqida Sport Bild xabar berdi.Manba ma'lumotlariga ko'ra, 32 yoshli angliyalik futbolchining shartnomasida 2026 yil yozida jamoani tark etmoqchi bo'lsa, 68 million evrodan kam bo'lgan miqdordagi qiymatdagi band mavjud. Xabar qilinishicha, «Real» va «Barselona» kelasi yozda Keyni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda.Eslatib o'tamiz, Keyn «Bavariya» safida 104 uchrashuvda 100 ta gol urdi — bu XXI asrda top-5 liga futbolchilari orasida eng tez natija hisoblanadi. U o'zining yuzinchi golini kecha, 26 sentyabrda «Verder» darvozasiga kiritdi. Joriy mavsumda esa Keyn klub safida barcha musobaqalarda 7 uchrashuvda 14 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.