«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski La Liganing 7-turidan o'rin olgan «Real Sosedad»ga qarshi o'yinda kataloniyaliklarning ikkinchi golini urdi. Bu gol polshalik futbolchi uchun professional faoliyatidagi 700-gol bo'ldi.Levandovski Polsha futbolining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, kattalar darajasida u avval «Lex», Dortmundning «Borussiya»si, «Bavariya» va boshqa jamoalar safida to'p surgan. Jami klub darajasida shu vaqtga qadar Robert 830 ta o'yin o'tkazib, 614 ta gol urgan va 155 ta golli uzatma amalga oshirgan.Polsha terma jamoasi safida esa hujumchi 160 ta o'yinda maydonga tushib, 86 ta gol va 36 ta samarali uzatma qayd etgan.Kataloniyaliklar safida Levandovski 2022-yildan beri to'p surmoqda. U «Barselona» tarkibida 154 ta o'yinda 105 ta gol urgan va 20 ta golli uzatma bergan.