«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining Chempionlar ligasi umumiy bosqich 2-turida «PSJ» (1:2)ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyatini izohladi.«35-daqiqadan keyin «PSJ» o'yinni yaxshiroq nazorat qildi. Ayrim futbolchilarimiz juda charchagan edi — Pedri, Frenki… Lekin barchasi o'zini o'yinga to'liq berdi. Hisob 1:1 bo'lganida himoyani yaxshiroq tashkil etish kerak edi. O'rganish va rivojlanish zarur. Ikkinchi bo'limda bizda etarli tashkilotchilik yo'q edi. Shug'ullanish va o'yinimizni takomillashtirish kerak — bunday o'yinlar olg'a siljishga yordam beradi. 90 daqiqa davomida barqaror o'ynash muhim: butun jamoa ham himoyalanishi, ham hujum qilishi, to'p bilan yuqori darajada muomala qilish, bo'sh zonalardan foydalanish, to'p nazoratida qatnashish zarur. «PSJ» safida esa maydondan qanday foydalanishni biladigan futbolchilar bor. Biz ulardan ko'p narsani o'rganishimiz mumkin», — deb Flikning so'zlarini "Marca" keltirdi.Keyingi turda kataloniyaliklar «Olimpiakos» bilan uchrashadi. Frantsiya klubi esa Germaniyaning «Bayer»iga qarshi maydonga tushadi. Har ikki o'yin ham 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
O'qildi: 35269 - Fikirlar: 0