Kataloniyaning “Barselona” klubi Angliyaning “Manchester Siti” jamoasida to'p tepayotgan norvegiyalik hujumchi Erlin Holandga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional nashriga tayanib Championat xabar berdi.Manbaga ko'ra, klub prezidenti Joan Laporta jamoani kuchaytirishni istamoqda. Ularning asosiy maqsadi 24 yoshli Holand bo'lib, hozirda uni sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Norvegiyalik forvardning transfer narxi taxminan 125 million evro baholangan. Klub rahbariyati ushbu xaridni amalga oshirish maqsadida bir nechta futbolchilardan, jumladan urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo bilan xayrlashishga tayyor. Shuningdek, Dani Olmo va Fermin Lopes kabi futbolchilar ham sotuvga qo'yilishi mumkin.Futbolchining o'zi esa klub rahbariyatiga shart qo'ygan. Agar “Manchester Siti” ushbu mavsum ham sovrinlarni qo'lga kirita olmasa, futbolchi boshqa jamoaga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqadi. “Shaharliklar” esa uning talabiga ijobiy javob bergan. Xaridorlar norvegiyalik uchun 250 million evro to'lashga rozi bo'lsa, klub futbolchi bilan xayrlashishga tayyor ekanligini bildirgan. Ma'lumot uchun, joriy mavsum Holand barcha turnirlar doirasida jami 8 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 11 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Transfermarkt portali uning qiymatini 180 million evroga baholamoqda.