"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yana jarohati qaytalangan vinger Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. O'tgan oyda Flik Yamalning sog'lig'i bilan bog'liq muammolar haqida ma'lumotlar borligiga qaramay, undan Ispaniya terma jamoasida foydalanilganidan g'azablangan edi.
"Mening de la Fuentega aytgan so'zlarimmi? Vaziyat terma jamoalar o'yinlaridagi o'tgan tanaffusdan keyin yuzaga kelgan. Futbolchimni himoya qilmoqchiman, uni qo'llab-quvvatlamoqchiman. Bu o'tmishda qoldi va men buni salbiy deb o'ylamayman - bunday holatlar sodir bo'ladi. Terma jamoada ishlagan vaqtimda o'zim ham shunday ahvolga tushganman. Mening vazifam - o'z futbolchimni himoya qilish. Shuning uchun men o'shanda shunday degan edim. Ehtimol, men odatdagidan ko'ra qattiqroq gapirgandirman.
Ertalab Yamal bilan gaplashdim. Unga qanday yordam berishimiz mumkinligini so'radi. U qaytganida o'yin vaqtini to'g'ri taqsimlash mening vazifam. Men buni qilaman," - dedi Flik jurnalistlarga.