«Barselona» sport direktori Deku klub hujumchisi Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirish ehtimoliga oid savolga javob berdi.«Biz oktyabr oyida shartnomalarni uzaytirish haqida gaplashmaymiz. Haddan tashqari oldinga yurishni xohlamaymiz — barchasini bosqichma-bosqich amalga oshiramiz. Robert haqida gapiradigan bo'lsam, u so'nggi yillardagi eng yaxshi hujumchilardan biri, deb hisoblayman. U juda yuqori darajadagi futbolchi, eng yaxshi o'yinchilardan biri. U bizga katta yordam bergan va hanuz yordam bermoqda. O'tgan mavsumda u 40 tadan ortiq gol urdi va "Barsa" uchun La Ligada hal qiluvchi rol o'ynadi.Hozirgi g'oya — vaziyatni kunma-kun, yilma-yil tahlil qilib borish. Hozir shartnomalarni uzaytirish haqida gapirish payti emas, balki yaqin haftalarda sport formamizni tiklash uchun nima qilish kerakligi haqida fikr yuritish kerak», — degan Dekuning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirgan.Levandovski 2022 yildan beri «Barselona» safida o'ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Hozirgi vaqtda uning transfer bahosi 12 million evroga teng.