Kataloniya politsiyasi (Ispaniya tarkibidagi avtonom hamjamiyat) Jozep Bartomeu prezidentligi davrida "Barselona" transferlari bilan bog'liq moliyaviy qonunbuzarliklarni aniqladi. O'shanda jamoa safiga braziliyalik Malkom kelib qo'shilgandi.
Manbaga ko'ra, Barselona sudi hozirda 2018-2020 yillar oralig'ida "vositachilik operatsiyalari"ni amalga oshirishda soliq to'lashdan bo'yin tovlash ko'rinishidagi ehtimoliy moliyaviy qoidabuzarliklarni tekshirmoqda. Ulardan biri Malkomning 2018 yil iyul oyida sotib olish ishi bilan bog'liq.
Politsiya klub va braziliyalik futbolchi o'rtasidagi mehnat shartnomasi imzolanganidan keyin uning o'zgarganini aniqladi. Birinchi kelishuvda daromad solig'ini 50 foiz atrofida ushlab qolish ko'zda tutilgan edi, ammo oxir-oqibat soliq xizmatiga kamroq pul tushgan.