"Barselona" Rafinya tez orada o'zining eng yaxshi formasiga qaytishiga ishonmoqda. Futbolchi 18 oktyabr kuni "Jirona"ga qarshi o'yingacha tiklanishi kerak va katta ehtimol bilan 26 oktyabr kuni "Santyago Bernabeu"da "el-klasiko"da o'ynaydi.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "Barselona" Rafinyaning tez orada tiklanishiga optimistik baho bermoqda va uni Xansi Flik sxemasida keyingi o'yinlarda kutmoqda. Klub Chempionlar Ligasida "PSJ" va La Ligada "Sevilya"dan uchralgan mag'lubiyatlardan so'ng, braziliyalikning yo'qligi jamoa o'yiniga katta ta'sir ko'rsatadi, degan xulosaga keldi.
Rafinya 18 oktyabr, shanba kuni "Jirona"ga qarshi o'yinda qaytishi, keyin esa 26 oktyabr kuni "Santyago Bernabeu"da "el-klasiko"da "Real"ga qarshi o'ynashi kutilmoqda. Murabbiy Xansi Flik Rafinyani jamoaning etakchilaridan biri deb biladi va uni nafaqat muhim o'yinchi, balki sardor sifatida ham ko'radi.