"Barselona"ning 37 yoshli forvardi Robert Levandovskining agenti Pini Zaxavi mijozining Kataloniya klubidagi kelajagi haqida gapirdi. Avvalroq OAVda "blaugrana" polshalik futbolchi bilan 2026 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Levandovskining "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi va hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan. Biz kutishimiz va yaqin kunlarda nima bo'lishini ko'rishimiz kerak.
Saudiya klublaridan takliflar? Yo'q, Saudiya Arabistoni jamoalari bilan hech qanday rasmiy muzokaralar bo'lmadi. Hozircha takliflar yo'q," - deya Zaxavining so'zlarini keltiradi Sport.es 365Scores’ga tayanib.
Levandovski 2022 yilning iyulidan beri "Barselona"da o'ynamoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda to'qqizta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi.
O'qildi: 14528 - Fikirlar: 0