«Barsa» yangi prezidenti Joan Laporta hujumchi Lionel Messiga tayyorlanayotgan yangi shartnomaning ayrim bandlarini ma'lum qildi. Argentinalik futbolchiga boshqa klublar taklif qilayotgan maoshni «ko'k-anorranglilar» to'lay olmaydi. Buni jamoa tushunib turibdi. Laporta 33 yoshli futbolchiga hozirgiga nisbatan kamroq maosh taklif qilib, undan jamoada qolishni so'ramoqda. "Barselona" iqtisodiy inqirozdan chiqib ketganidan keyin Messining maoshi ko'paytiriladi. Shuningdek, Leo futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng unga «Barsa» elchisi lavozimi taklif etiladi.Bundan tashqari, Laporta "Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xolandni xarid qilish orqali Messini klubda qolishga ko'ndirmoqchi. Ushbu transfer orqali klub Chempionlar ligasida g'oliblik uchun kurashda etakchiga aylanmoqchi. Eslatib o'tamiz, Lionel Messining "Barselona" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. U La liganing joriy mavsumida 28ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi.
17-Aprel 2021,18:40
O'qildi: 51 - Fikirlar: 0