Shveytsariyaning SwissRamble kompaniyasi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi yakunlari bo'yicha klublarning daromadlarini hisoblab chiqdi. Hisob-kitobga ko'ra, 7ta jamoaning daromadlari 75 million evrodan oshgan.Har bir klubga quyidagilar uchun pul mukofotlari berilishi ko'zda tutilgan:— guruh bosqichidagi ishtirok uchun — 15,25 million evro;— har bir g'alaba uchun — 2,7 million evro;— har bir durang uchun — 0,9 million evro;— nimchorak finalga chiqqani uchun — 9,5 million evro;— Jamoaning so'nggi 10 yildagi ishtirokiga qarab UEFA koeffitsienti uchun;— TV-translyatsiyadan daromad;— guruh bosqichidagi ishtiroki uchun qo'shimcha daromad.
Daromadlar qiymati bo'yicha "Bavariya" klubi etakchilik qilmoqda — 81.5 mln evro. Myunxenliklar guruh bosqichida barcha o'yinlarda g'alaba qozonishdi. Keyingi o'rinlarni "Barselona" (80,8 million) i "Yuventus" (80,4 million) egallab turishibdi. Shuningdek, "Manchester Siti" (77,7 million), "Liverpul" (75,6 million), "PSJ" (75,2 million), "Real" (74,9 million), "Chelsi" (73,4 million evro) va "Atletiko" (72,7 million) klublarining daromadlari 70 million evrolik marradan o'tgan.Guruh bosqichida eng kam pul ishlagan jamoa Chexiyaning "Slaviya" klubi bo'ldi.
18-Dekabr 2019,11:50