Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Yan Urban milliy jamoa hujumchisi Robert Levandovskining jarohati haqida fikr bildirdi. Avvalroq «Barselona» rasmiy bayonot chiqarib, forvardning chap son orqa qismidagi mushak jarohati olganini ma'lum qilgan edi.«Mening nazarimda, agar fibrillyar bog'lama uzilgan bo'lsa, bu tez yugurishga yo'l qo'ymaydi, o'ynashning iloji bo'lmaydi. Va futbol bilan bog'liq bo'lgan har bir inson bundan xabardor. Shu bois men buni tushunmayman.Ha, u haqiqatdan ham biroz noqulaylikni his qildi, biz shifokor va Robert bilan kelishib olgan edik: agar u qandaydir diskomfort sezsa, o'zini almashtirishni so'raydi. Lekin u o'yinni muammosiz oxirigacha o'tkazdi. Yo'q, menda hech qanday shubha yo'q. Levandovski a'lo holatda edi va Yangi Zelandiyaga qarshi o'ynamadi, chunki biz boshqa futbolchilarga imkoniyat berishni xoxladik.Men uning avvalgi jarohatidan qolgan izlar yoki kichik tortilgan joy bo'lishi mumkin deb o'ylagan edim. Lekin men o'zim ham futbolchi bo'lganman — mushak jarohati olganlar darhol to'xtab, o'yinni davom ettira olmasligini ko'p marta ko'rganman. Afsus, lekin bu qanday jarohat ekanini hali ham tushunmayman. O'yinlar juda ko'p bo'lgan paytda, bunday holatda xavfga borish shart emas», — deya Yan Urbanning so'zlarini Mundo Deportivo keltiradi.
O'qildi: 24574 - Fikirlar: 0